Taekvondo WT. O‘zbekiston terma jamoasi harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida tengsiz bo‘ldi!

  • 4 iyun, 2024, 09:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

1-3 iyun kunlari Koreya Respublikasining Mungyong shahrida taekvondo WT bo‘yicha harbiylar o‘rtasida 27-jahon chempionati o‘tkazildi. Turnirda 20 dan ortiq mamlakatdan 300 nafar sportchi g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Tecno

Uch kun davom etgan musobaqada O‘zbekiston erkaklar va ayollar milliy terma jamoalari ham barcha vazn toifalarida to‘liq tarkibda ishtirok etdi.

Quvonarlisi, musobaqa yakuniga ko‘ra, sportchilarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza, jami 12 ta medalni qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindorlar:

Oltin:

Ulug‘bek Rashitov (68 kg) 
Jasurbek Jaysunov (80 kg)
Shuxrat Salaev (87 kg)
Nikita Rafalovich (+87 kg)
Feruza Sodiqova (62 kg)
Gulsanam Alijonova (73 kg).

Kumush:

Madina Mirabzalova (57 kg)
Svetlana Osipova (+73 kg).

Bronza:

Samira Adashalieva (46 kg)
Zuxra Tojimatova (49 kg)
Marjona Primova (53 kg) 
Ozoda Sobirjonova (67 kg).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!