
Taekvondo WT. O‘zbekiston ilk bor yoshlar o‘rtasida jahon chempionatida oltin medalga sazovor bo‘ldi!
Koreya Respublikasining Chuncheon shahrida taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati hamyurtlarimiz uchun yakunlandi. Dunyoning eng kuchli yosh taekvondochilari o‘rtasida kechgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Sovrindorlar bilan tanishing:
Oltin medal:
-45 kg: Dilmurod Ma’rufjonov
Bronza medal:
-48 kg: Behruz Salimov
Qayd etish joiz, ushbu musobaqa o‘zbek taekvondosi uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. Boisi, mazkur yosh toifasidagi dunyo birinchiliklarida o‘zbekistonlik sportchilar hali oltin medalga sazovor bo‘lishmagan edi.
Fikrlar