
Taekvondo WT. Ketma-ket ikkinchi marta finalga chiqqan Osipova bu safar kumush bilan cheklandi
Taekvondochimiz Svetlana Osipova Bokuda o‘tayotgan jahon chempionatida +73 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz murosasiz kechgan hal qiluvchi bellashuvda turkiyalik Nafiya Kushga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Ta’kidlash joiz, shu paytgacha o‘zbek sportida hech bir taekvondochi qizimiz ketma-ket ikki bor jahon chempionatlarining finaliga yo‘l olmagan edi. Ushbu natija orqali Osipova jahon va Parij-2024 Olimpiadasidasi reytingidagi o‘rnini yanada mustahkamlab olmoqda.
Manba: MOQ
Fikrlar