Taekvondo WT. Bugun dayanga chiqqan barcha sportchilarimiz mag‘lubiyatga uchradi

  • 30 may, 2023, 14:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bokuda davom etayotgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kuni vakillarimiz uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bugun dayanga chiqqan 3 nafar hamyurtimizning barchasi mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

Ozoda Sobirjonova (-67 kg) birinchi jangida g‘alaba qozongan bo‘lsada, ikkinchi bellashuv musobaqaning beshinchi saralangan sportchisi braziliyalik Milena Titoneli bilan to‘qnash keldi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Afsuski, Amir To‘raev ham ikkinchi jangda mag‘lubiyatga uchradi. Avstraliyalik Beyley Lyuis bilan kechgan jangda hamyurtimiz 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

-73 kg vazn toifasida dayanga chiqqan Saodatbegim Alieva esa ilk bosqichadayoq germaniyalik Yanna Shnayderga yutqazib qo‘ydi.

Shu tariqa jahon chempionatining bugungi kuni yurtdoshlarimiz uchun muddatidan avval nihoyasiga etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!