Tabatadze OKMKga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi

  • 7 mart, 2024, 12:27
  • Karim Xudayqulov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 2-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – OKMK jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning gruziyalik 32 yoshli tajribali hujumchisi, o‘tgan turda “Dinamo” (3:1)ga qarshi kechgan bahsda “dubl” muallifi bo‘lgan Toma Tabatadze bo‘lajak bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

Olmaliqliklarga qarshi kechadigan o‘yinning keskin kurashlar ostida o‘tishi ehtimoli yuqori.Boisi, har ikki jamoani O‘zbekistonning taniqli mutaxassislari boshqarishadi.Bundan tashqari, ushbu klublar joriy mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan. Bunday saviyadagi bellashuvlar esa doimo shiddatli va tomoshabop kechgan.

Joriy mavsumning ilk bahsida g‘alaba qozonib, muxlislarni xursand qilgandik. Bo‘lajak o‘yinda ham zafar quchib, g‘alabali odimimizni davom ettiramiz, degan umiddaman.

Ishqibozlardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, zafarimizni birgalikda nishonlashlarini so‘rab qolaman. 

Biz esa ularning ishonchlarini oqlashga harakat qilamiz.





                                                                                       Manba: “Navbahor” PFK matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rasul M
08/03/2024 01:13
Topni tuzuk tepisholmaydiyu qaerdan chempion bolsin
&
subhidam@yandex.ru
07/03/2024 12:34
Навбахор ХУДО хохласа бу йил ЧЕМПИОН!!!
АЛИ
07/03/2024 12:31
НАВБАХОР ФК гаОмад тилайман