Suzish. Samarqandda Osiyo chempionati yakunlandi
Samarqandda ochiq havzada suzish bo‘yicha X Osiyo chempionati o‘z yakuniga etdi. Bugun musobaqa doirasida 10 kmga suzish bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ mabtuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Kutilganidek, erkaklar o‘rtasida 5 kmga kechgan dasturda g‘alaba qozongan yaponiyalik Taishin Minamide bu gal ham marraga birinchi bo‘lib etib keldi. Ayollar o‘rtasida esa Xitoy Taipeyi vakilasi Yu-Ven Teng chempionlikni tantana qildi.
Erkaklar:
Taishin Minamide (Yaponiya) – 1:58:21.2
Cheng-Chi Cho (Xitoy Taipeyi) – 1:58:21.5
Taiki Nonaka (Yaponiya) – 1:58:35.8
Ayollar:
Yu-Ven Teng (Xitoy Taipeyi) –2:07:27.2
Sz Yin Nip (Gonkong) – 2:07:30.6
Mariya Fedotova (Qozog‘iston) – 2:08:38.9



Fikrlar