Suzish. Ilya Sibirtsev ham Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma oldi

  • 22 iyun, 2024, 15:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Suv sporti
BEPUL PROPAN

Kanadaning Vankuver shahrida suzish bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ilya Sibirtsev 800 metrga erkin usulda suzish bahsida oltin medalni qo‘lga kiritish barobarida Parij-2024 normativini ham bajarishga muvaffaq bo‘ldi.

Sibirtsev final dasturida 7:50.05 vaqt ichida marraga etib kelgan. Mazkur dasturda normativ 7:51.65 ni tashkil etadi. Yana bir ahamiyatli tomoni, ushbu natija Ilyaga Olimpiya dasturlaridagi yana bir masofada ishtirok etish imkoniyatini taqdim qiladi. Terma jamoamiz a’zosi ushbu natijasi orqali 2 ta yo‘llanmaga sazovor bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, Ilya Sibirtsev 2001 yil Rossiya federatsiyasida tug‘ilgan. U joriy yil boshida sport fuqaroligini o‘zgartirdi va shundan buyon O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!