
"Surxon"ning sobiq ustozi "Lokomotiv"ga qaytdi
Yoshlar futbolchi bo‘yicha yurtimizning ko‘zga ko‘ringan mutaxassislarilan biri Rufat Akramxo‘jaev yana “Lokomotiv”da ish boshladi.
Ushbu mutaxassis “Lokomotiv” klubida tahlilchi-selektsioner murabbiy sifatida ishlaydi va asosiy jamoaning analitik ishlarini olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Rufat Akramxo‘jaev boshchiligida 2019 yil o‘rinbosarlar jamoamiz U-21 birinchiligida chempionlikka erishgan bo‘lsa, o‘tgan mavsumda U-18 jamoamiz o‘z birinchiligida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi, - deya xabar bermoqda, “Lokomotiv” matbuot xizmati.
Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, Akramxo‘jaev bungacha Termizning “Surxon” klubida bosh murabbiy lavozimida mehnat qildi. Keyinchalik oilaviy sabablarga ko‘ra jamoani tark etdi.
Fikrlar