
"Surxon"ning sobiq legioneri Qirzig‘iston klubi bilan shartnoma tuzdi
O‘tgan yilgi chempionat boshida “Surxon” klubiga qo‘shilgan serbiyalik hujumchi Miroslav Markovichni eslasangiz kerak. Legioner u erda yarim mavsum faoliyat olib borgandi. Shundan so‘ng u Serbiyaga qaytib mahalliy “Rad” jamoa safida to‘p surdi.
Olingan so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Markovich yana Markaziy Osiyoga qaytdi. Bu safar u Qirg‘izistonning “Dordoy” klubi bilan shartnoma imzoladi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, hujumchi bilan bir yillik shartnoma tuzilgan va yangi klubida 9-raqam ostida harakat qiladi.
Fikrlar