
Surxondaryo viloyati hokimligi "Surxon"ga 2,5 milliard so‘m o‘tkazib bersa...
O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev o‘zining telegramdagi kanali orqali Surxondaryo viloyati hokimligini viloyatning bosh jamoasi hisoblangan "Surxon" klubiga moliyaviy ko‘mak berishga chaqirdi.
"Surxon" klubini moliyalashtirayotgan tomon katta ishlar arafasida turibdi. Surxondaryo viloyati hokimligi 2,5 mlrd so‘nggi marta eski qarzlar uchun o‘tkazib bersa, qolganini yangi rahbariyat o‘zi olib boradi.
Aytaylik, Namangan, Farg‘ona, Toshkent, Jizzax kabi viloyatlar hokimlari futbol rivojiga katta hissa qo‘shib kelyapti. Surxondaryoda esa masala yuqoridagi summa bilan hal bo‘ladi va viloyat hokimligi katta klub chiqimlari haqida qayta bosh qotirmaydi", - dedi Imomxo‘jaev
Eslatib o‘tamiz, termizliklar 13-turdan so‘ng Superliga musobaqa jadvalida 13 ochko bilan 13-o‘rinda borishmoqda.
Fikrlar