
"Surxon" Turkiyadagi ilk o‘rtoqlik o‘yinida Gruziya jamoasini ayab o‘tirmadi
Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan "Surxon" ilk o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida maydonga tushdi. Unda "uchar tulporlar"ga Gruziyaning "Kolxeti-1913" klubi qarshilik ko‘rsatdi. Ushbu bellashuvda vakillarimiz yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Surxon" safida gollarga Asadbek Karimov, ko‘rikdagi o‘yinchi, Sarvar Ablaev va Tamerlan Djamalutdinov mualliflik qildi. Raqib maydonni golsiz tark etishga majbur bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, termizliklar 4 fevral sanasida Turkiyaning Antaliya shahriga etib kelgandi.
Fikrlar