
"Surxon" tojikistonlik legioner bilan shartnoma imzoladi
"Surxon" selektsiya ishlarni davom ettirib, navbatdagi futbolchisini o‘z safiga qo‘shdi. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tanishing - Aziz Murotov. 18 yoshli hujumchisi Tojikiston fuqarosi hisoblanadi. Futboldagi yo‘lini O‘zbekistonda boshlagan, o‘tgan mavsumda Tojikiston chempionatining ishtirokchisi "Esxata" jamoasini sharafini himoya qilgan.
Qizig‘i, Murotov o‘z tug‘ilgan kunida "Surxon" bilan shartnoma imzoladi
Aziz Murotov (Tojikiston)
Tug‘ilgan sanasi: 22.02.2007, 18 yosh
Amplua: hujumchi
Oldingi klub: "Esxata" (Tojikiston)
Fikrlar