"Surxon" "Qizilqum"ni mag‘lub etib, Superligada qolish masalasini deyarli hal qildi

  • 24 oktabr, 2022, 20:29
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 23-turidan o‘rin olgan "Surxon" va "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga etdi. Unda nominal mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.

Tecno

61-daqiqada ispaniyalik hujumchi Ruben Sanches penaltidan yo‘llagan aniq zarbasi evaziga hisobni ochgan bo‘lsa, 63-daqiqada Ulug‘bek Abdullaev o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Ushbu g‘alaba natijasida "uchar tulporlar" ochkolari sonini 26 taga etkazdi va eng yaqin ta’qibchi "Lokomotiv"dan 6 ochkoga o‘zib ketdi. Navoiyliklar hisobida esa 35 ochko bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!