
"Surxon" qanday qilib Qarshidan bir ochko bilan qaytdi? Davletov buning sababini aytdi
Superligada 21-tur bahslari davom ettirildi. "Surxon" jamoasi bu turda "Nasaf" bilan bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Birinchi davradagi o‘yinga o‘xshab ketdi, bahs. "Nasaf" bizning xatolarimizni kutdi. Bog‘lovchi zonalarimizda juda ko‘p xatolarni qildik. "Nasaf" bizni bu o‘yinda ham jazoladi. Qizil kartochkaga qadar yaxshi o‘yin ko‘rayotgan edik, ammo keyin emotsiya birinchi planga chiqib ketdi. Yigitlarga berilgan vazifani bajarishgani uchun tashakkur.
- Superliga peshqadamiga qarshi hujumda yoshlarga ishondingiz. Ular haqida fikringiz qanday?
- Umuman olganda, hammasi joyida. Bugun hamma o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Buncha ishqiboz oldida to‘p tepish doim zavqli.
- Taymlarda ikki xil futbol ko‘rsatdi, jamoangiz. "Surxon" qo‘shdimi yoki "Nasaf" o‘yinni tashlab qo‘ydimi?
- "Nasaf" gol urgach, ikkinchi zonaga o‘tib bizni kutishni boshladi. Biz esa gol kiritish uchun oldinga chiqishimiz kerak edi. Menimcha, "Nasaf"ga o‘yin tashkil etish pand berib qo‘ydi.
- Potapov ancha tanaffusdan keyin o‘yinga tushdi. Unda jarohat bor edimi?
- Biroz. Ichki muammolarimiz bor edi. Bu shu bilan bog‘liq.
- Behzod Shamsiev "Surxon" uchun sardor sifatida ishtirok etdi. Asilbek Jumaev yosh bo‘lishiga qaramay 50-o‘yinida ishtirok etdi. Bu haqida fikrlaringiz?
- Bugun Shamsiev sardorlarga xos o‘yin ko‘rsatdi. Asilbek o‘tgan yildan beri jamoa bilan. U jamoamizning asosiy o‘yinchilaridan biri.
Fikrlar