
"Surxon" penaltidan ikki gol urib, o‘rtoqlik bahsida "Metallurg"ni mag‘lubiyatga uchratdi
"Metallurg" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonidagi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Unda bekobodliklarga "Surxon" jamoasi raqiblik qildi.
Mazkur bellashuvda termizliklar 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi. E’tiborlisi, 2 gol ham penaltidan kiritildi.
Bundan oldingi o‘yinda bekobodliklar "Dinamo" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagandi. "Surxon" esa "Yangier" klubi bilan murosa ko‘chasini tanlagan - 1:1.
Fikrlar