"Surxon" O‘zbekiston OTJ a’zolarini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 8 mart, 2019, 00:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klub matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, yosh iqtidor egasi Abrorbek Ismoilov "Surxon" jamoasi futbolchisiga aylandi. Bu futbolchiga Superliganing bir qancha grand jamoalaridan taklif bo‘lgan edi. Yakunda Abror "Surxon" taklifini qabul qildi.

Tecno

Yana bir yosh iqtidor egasi Xusniddin G‘ofurovdir ham termizliklar safiga kelib qo‘shildi.

Har ikkala futbolchi ham O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining asosiy tarkib futbolchilari hisoblanadilar. Ular yaqindagina olimpiya terma jamoasi bilan Turkiyada o‘tgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida ishtirok etib kelgan edilar.

Ma’lumot o‘rnida har ikkala futbolchi ham o‘tgan mavsumni Farg‘onaning "Neftchi" jamoasida o‘tkazgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!