"Surxon" legioneri bilan shartnomani bekor qildi

  • 19 iyun, 14:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Termizning "Surxon" klubi rossiyalik legioneri - Kirill Kolesnichenko bilan shartnomani bekor qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Tecno

Xabarda yozilishicha, rossiyalik futbolchi Kirill Kolesnichenko o‘zaro kelishuv asosida “Surxon” klubi bilan shartnomasini bekor qildi va jamoani tark etdi. U termizliklar safida barcha musobaqalarda jami 12 ta o‘yinda maydonga tushib, “gol+pas” tizimi bo‘yicha 5 ochko (2 ta gol va 3 ta golli uzatma) jamg‘ardi.

Klub nomidan Kirillga kelgusi faoliyatida omad tilaymiz va birgalikdagi mehnati uchun minnatdorchilik bildiramiz", - deyiladi rasmiy xabarda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!