
"Surxon" 4 nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
Surxon PFK jamoaning bir qator asosiy futbolchilari bilan shartnoma uzaytirmoqda. Bu safar hujumchi Muhammad-Ali Abdurahmonov hamda himoyachi Behruz Shaydulov bilan shartnoma uzaytirildi. Har ikkala futbolchining shartnomasi 2026 yilning oxirigacha mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsumida Abdurahmonov barcha musobaqalarida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, gol+pas tizimi bo‘yicha 9 ochko (7+2) ishlab oldi
Shaydulov esa jamoa tarixida rekordchi hisoblanadi. Hozirgi tarkibda aynan Shaydulov oliy ligada eng ko‘p uchrashuv o‘tkazgan – 132 ta o‘yin
Bulardan tashqari, tayanch yarim himoyachi Behzod Shamsiev va yarim himoyachi Diyor Ramozonov bilan ham shartnoma uzaytirildi. Har ikkala futbolchining shartnomasi 2026 yilning oxirigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar