
“Surxon” - “Nasaf” o‘yinida hakamlik pand bermasa...
SPORTS.uz sayti jurnalisti – Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘z telegram sahifasida bir necha soatdan so‘ng boshlanadigan “Surxon” – “Nasaf” bahsi borasida fikr bilridi.Unga ko‘ra, bugungi o‘yin ikki klub uchun ham burilish nuqtasiga aylanishi mumkin.
“Bugun juda qiziq bahs bo‘lib o‘tadi. “Nasaf” Toshkentda “Surxon” bilan kuch sinashadi. Jamoalar yaxshi formada bo‘libgina qolmay, a’lo kayfiyatda to‘qnash kelishmoqda. Yo‘qotishlar yo‘q, ochko ikkisiga ham birdek kerak. Ikkita “toza futbol” o‘ynadigan jamoalar o‘yini ko‘plab savollarga oydinlik kiritib berishi mumkin.
Masalan:
“Surxon” haqiqatdan ham TOP darajada futbol o‘ynayaptimi?
“Nasaf”ning chempionlik poygasidagi imkoniyatlari qanday?
“Surxon”ning pressingi va intensiv futboli mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlashga etarlimi?
“Ajdarlar”ning Superkubokdagi g‘alabasi ichki muhitni qay darajada yaxshilagan?
E’tiborli tomoni shundaki, agar “Surxon” bugun g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, ochkolar borasida “Nasaf”ga etib oladi. Bahs Berdiev shogirdlari foydasiga hal bo‘lsa, “Nasaf” chempionlik poygasiga qaytadi.
Voha derbisida o‘rtaga tikilgan narsalar juda ko‘p. Agar hakamlik masalasi pand bermasa, bugun Superliganing joriy mavsumdagi eng tomoshabob o‘yinga guvoh bo‘lamiz.”
Eslatib o‘tamiz, o‘yin Toshkent vaqti bilan 18:30 da start oladi.
Fikrlar