
Superto‘purar sotuvga qo‘yiladi
“Tottenxem” rahbariyati uzoq yillik to‘purari Harri Keynning boshqa jamoaga ketishini qabul qiladigan bo‘ldi.
Tajribali hujumchi anchadan beri sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan qudratli klublardan biriga o‘tmoqchi bo‘lib yuribdi. Ana shu maqsadda Keyn “shporlar”ning yangi kelishuv haqidagi takliflarini rad etdi.
Endi klub rahbariyati mo‘may daromad ishlab olish maqsadida Harri Keynni sotib yuborishga qaror qildi va unga 100 million funt narx qo‘ydi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Yunayted”, “Nyukasl”, “Chelsi”, “Bavariya”, PSJ va “Real” o‘yinchini o‘z safiga qo‘shishga tayyor.
Fikrlar