
Superto‘purar “Bavariya” taklifini rad etdi!
“Tottenxem” etakchisi Harri Keyn “Bavariya”dan bo‘lgan taklifni qabul qilmadi va Bundesliga chempioniga rad javobini berdi.
Angliya klubi va hujumchining o‘zi myunxenliklar bilan muzokaraga kirishgani yo‘q. “Tottenxem” bosh murabbiyi Antonio Konte asosiy to‘purarini hech qaysi klubga qo‘yib yubormoqchi emas. Klub Keynga yangi bitim taklif qilish ustida ish olib bormoqda.
“Bavariya” angliyalik to‘purarni jamoani tark etishga qaror qilgan Robert Levandovski o‘rniga olib kelmoqchi edi.
Harri Keynning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi. O‘tgan mavsum hujumchi 50 ta o‘yinda 27 ta gol va 10 ta assist qayd etdi.
Fikrlar