
Superliganing dastlabki turida ishlaydigan hakamlar ma’lum bo‘ldi
Dastlabki uchrashuv "Qizilqum" hamda "Andijon" jamoalari o‘rtasida kechadi. "Yoshlar" sport majmuasida kechadigan mazkur bellashuv soat 17:00 da start oladi.
PFL mazkur o‘yinni boshqarib boradigan hakamlar brigadasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ushbu o‘yinni Viktor Serazetdinov boshqarib boradi.
Coca Cola Superliga
1-tur / 8 mart, juma
17:00 QIZILQUM — ANDIJON
Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Husniddin Shodmonov, Sanjar Shoyusupov, Komiljon Rasulov.
Nazoratchi: Ma’mur Saidqosimov.
Komissar: Bekzod Aripov.
Fikrlar