
Superligaga o‘tish o‘yini oldidan "Qo‘qon-1912"ni bir futbolchi tark etdi
"Qo‘qon-1912" jamoasi yarim himoyachisi Islombek Isoqjonov kelgusi mavsumni boshqa jamoada boshlaydigan bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, jamoa rahbariyati yarim himoyachi bilan o‘rtadagi shartnomani ikki tomonning roziligi bilan bekor qildi.
U bir qator uchrashuvlarda jamoa uchun muhim gollarni kiritidi va ajoyib o‘yinlari bilan muxlislarning hurmatiga sazovor bo‘ldi. "Qo‘qon-1912" jamoasi Islombek Isoqjonov bilan do‘stona xayrlashdi.
Fikrlar