
Superligada yana bir iste’fo ro‘y berdi
"So‘g‘diyona" klubi bosh murabbiy Yorqin Nazarov bilan o‘rtadagi kelishuvni bekor qildi.
Habaringiz bor, Yorqin Nazarov "bo‘rilar"ni o‘tgan mavsum so‘nggi ikki turida qabul qilib olgan edi. Nazarov boshchiligida jamoa joriy mavsumda 4 ta uchrashuvda 3ta mag‘lubiyat hamda bir marotaba durang natija qayd etib turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida ketmoqda.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, yaqin kunlarda yangi bosh murabbiy nomi e’lon qilinadi.
Fikrlar