
Superligada turning markaziy o‘yiniga eng kam tomoshabin tashrif buyurdi. Eng ko‘p muxlis esa...
18-19 oktyabr kunlari Superligada 22-tur o‘yinlari o‘tkazildi. SPORTS.uz sayti an’anasiga sodiq holda tur muxlislariga oid ma’lumotlarni taqdim etadi.
Tur o‘yinlariga jami 21316 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu bir uchrashuvga o‘rtacha 3045ni tashkil qiladi.
Eng ko‘p muxlis Samarqanddagi “Dinamo” – “Paxtakor” bellashuvida qayd etildi - 7600.
Eng kam ishqibozlar ham Toshkentda. “Bunyodkor” – AGMK bahsini 585 tomoshabin bevosita o‘yingohdan kuzatdi. E’tiborlisi, ushbu bahs turning markaziy qarama-qarshiliklaridan biri sifatida qaralgandi.
Quyida 22-turda eng ko‘p muxlislar tashrif buyurgan o‘yinlar ketma-ketligi bilan tanishishingiz mumkin:
DINAMO – PAXTAKOR 1:4. 7600 tomoshabin
NASAF – ANDIJON 3:0. 4548 tomoshabin
QO‘QON-1912 – QIZILQUM 1:2. 3455 tomoshabin
METALLURG – SO‘G‘DIYoNA 0:1. 2122 tomoshabin
SURXON – NAVBAHOR 0:0. 1902 tomoshabin
LOKOMOTIV – BUXORO 2:0. 1104 tomoshabin
BUNYoDKOR – AGMK 0:2. 585 tomoshabin
Fikrlar
Хохлаймизми йукми, яхшими ёмонми утган йилги Ахмаджонов бошчилигида утган чемпионатда мухлислар ташрифи бундан анчагина салмокли булган, клублар уртасида интрига хам хозиргидан ун чандон кучли ва кизикарли булган.
Уйлаймизки кейинги йилда футбол чемпионатимиз Ахмаджонов давридагидек кучли ва ракобатбардош, мухлисларбоп утишини таминлаш учун рахбарият хозирдан зарур чораларни (халол футбол,тоза хакамли ва хакоза) куришади ва буни уддалай олишади.