Superligada "qaynoq" o‘yinlar! Rivojlanayotgan klub, siz ko‘rishingiz shart bo‘lgan bahs yoxud Ilhom Mo‘minjonov 3 ochko olmasa...

  • 30 aprel, 2022, 13:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliganing 6-tur o‘yinlariga start beriladi. Juda muhim o‘yinlar bor. “Paxtakor” bilan “Nasaf” ham yana chempionat bahslariga kirishishadi.

Tecno

30 aprelda boshlanadigan tur o‘yinlari 2 may kuni nihoyasiga etadi. Odatimizga ko‘ra, tur oldidan mutaxassis fikrini e’tiboringizga havola qilamiz.

Bu safar yaqindagina butsalarini mixga ilgan Ma’mur Ikromov jamoalarning imkoniyatini baholadi.

30 aprel (shanba)

“Bunyodkor” – “Olimpik”

- “Bunyodkor” yaxshi formada, mehmonda ham uch ochko bilan qaytdi. G‘olib chiqish imkoniyatini 60x40 foiz deb baholayman. “Olimpik” yosh va shijoatli jamoa. Ammo ularda tajribali futbolchilari yo‘q. Shuning hisobiga yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana olmayapti. O‘tgan turda “Qizilqum” darvozasiga ham penaltidan gol ura olmadi. Shu sababli bu uchrashuvda “Bunyodkor”ning imkoniyatini yuqori baholayapman.

“Dinamo” – “Neftchi”

- “Neftchi” ko‘p ochkolarni yo‘qotdi. 5 ta o‘yindan 4 tasida mag‘lubiyatga uchragan. O‘ylashimcha, bugun Samarqandda kamida yutqazmaydi. Menimcha, g‘alaba qozonsa kerak. Chunki yo‘qotadigan ochkolarini yo‘qotib bo‘ldi. Ilhom Mo‘minjonov uch ochko olmasa, vaziyat qiyin bo‘lib qoladi. Ha, “Dinamo” o‘tgan turda ilk g‘alabasiga erishdi. Bu jamoa ham yomon o‘ynamayapti. Lekin, fikrimcha farg‘onaliklar yutib ketadi.

dinamo3_4

1 may (yakshanba)

“Lokomotiv” – “Surxon”

- Adashmasam, “Lokomotiv” 5 ta turdan 4 tasida mag‘lubiyatga uchradi. Faqatgina 3 ochkosi bor. Bu jamoani o‘z joyida emas deb hisoblayman. O‘zim ham “Lokomotiv”da ko‘p yillar o‘ynaganman. “Surxon”ni o‘z uyida qabul qiladi va o‘ylashimcha, ustunlik “Loko” tomonida. To‘g‘ri, “Surxon” ham chakki emas. Lekin mezbon hisoblangan jamoa o‘z uyidagi imkoniyatni qo‘ldan chiqarib yubormasa kerak. “Surxon”da yoshlar ko‘p ekan, tajribali o‘yinchilari kamroq.

loko yo‘ldoshev_2

“Qizilqum” – “Navbahor”

- “Qizilqum” mavsum startini zo‘r boshladi. Jamoadagi futbolchilarning deyarli 50 foizini “Lokomotiv”da to‘p surgan o‘yinchilar tashkil qilyapti. Ular mening eski qadrdonlarim. “Navbahor”ning ham bu yilgi tarkibi kuchaygan, maqsadlari yuqori. Chempionlik uchun kurashyapti. O‘tgan turda kutilmaganda o‘z uyida “So‘g‘diyona”ga yutqazib qo‘ydi. Namanganlik muxlislar jamoasidan g‘alaba kutyapti. Ikkala klubning imkoniyatini 50x50 hisoblayman. “Qizilqum”da ham tajribali futbolchilar bor. Har ikkala jamoaga oson bo‘lmaydi. Durangni taxmin qilyapman.

marushich_1

“So‘g‘diyona” – “Metallurg”

- “So‘g‘diyona” Farg‘onada va Namanganda uch ochkolarni qo‘lga kiritdi. “Metallurg”ga nisbatan jizzaxliklar ko‘tarinki kayfiyatda. Bekobodliklar o‘tgan turni o‘tkazib yuborishdi. Hozir o‘yin taraflama ham “So‘g‘diyona” ko‘proq tayyor bo‘lsa kerak. Shu sababdan imkoniyati yuqoriroq. Kayfiyati ham zo‘r. O‘tgan yili hech kim ularni 2-o‘rinni olishini kutmagandi. “So‘g‘diyona” rivojlanib boryapti. Mezbonlarni “Metallurg” ustidan g‘alaba qozonadi, deb o‘ylayapman.

abdumannopov5_1

2 may (dushanba)

“Paxtakor” – AGMK

- AGMK tarkib bo‘yicha yaxshi yig‘ilgan, Mirjalol Qosimov ham tajribali murabbiy. “Paxtakor”ga kelsak, Osiyo Chempionlar ligasida omadsiz qatnashishdi. O‘ylashimcha, boshqa mamlakatda 6 ta o‘yin o‘tkazib qaytishdi va ularga qiyin bo‘ladi. Har o‘yin har xil futbolchilar o‘ynashdi, bitta tarkib yo‘q. AGMK ham yaxshi jamoa. Lekin ular ham kerakli ochkolarni yo‘qotishdi. Mening fikrimcha, kuchlar teng kelsa kerak.

paxta_5

“Qo‘qon-1912” – “Nasaf”

- “Nasaf” juda yaxshi kayfiyatda. Osiyo Chempionlar ligasi guruh o‘yinlarda yaxshi qatnashib keyingi bosqichga chiqdi. O‘zbekistonlik muxlislarni xursand qildi. Nazarimda, Qo‘qondan 3 ochko olib ketishsa kerak. Ro‘ziqul Berdiev jamoalarga qarshi qanday o‘yin ko‘rsatishni biladi. Bu o‘yinda qo‘qonliklarga qiyin bo‘ladi. Albatta, maydon egalarida ham ustun jihatlari bor. Biroq ushbu to‘qnashuvda “Nasaf”ning imkoniyatlarini yuqori baholayapman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!