Superligada mavsumning eng yaxshi murabbiyi kim bo‘ladi? Nomzodlar bilan tanishing
Superliganing joriy mavsumi yakunlanishiga bir tur qoldi. O‘zPFL yilning eng yaxshi murabbiyi sovriniga da’vogarlik qilayotgan asosiy nomzodlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, ushbu mukofot uchun quyidagi murabbiylar kurash olib boradi:
Kamoliddin Tojiev ("Paxtakor")
Vadim Abramov ("Dinamo")
Vitaliy Levchenko ("Neftchi")
Ilyos Zeytullaev ("Bunyodkor")
Ma’lumot uchun, Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi. Tojiev esa "Sherlar" bilan O‘zbekiston kubogi finalida "Buxoro" ustidan g‘alaba qozonib, bosh sovringa ega chiqdi.



Fikrlar
2-урин Зейтуллаев,
3-урин Абрамов,
...
9-урин хали тажрибасиз Тожиев