Superligada jamoalar soni oshiriladimi? Yoki format o‘zgaradimi? - O‘zPFL ma’lumot berdi

  • 22 noyabr, 2022, 14:22
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shu yilning 19 sentyabr kuni O‘zbekiston Professional futbol ligasi O‘zbekiston Superligasi bosh murabbiylari hamda tashkilot Ijroqo‘mi a’zolari bilan yig‘ilish o‘tkazgandi.

Tecno

Mazkur yig‘ilishda murabbiylar tomonidan chempionat uchrashuvlari sonini oshirish masalasi ham ko‘tarildi. Ayrimlar taklifiga ko‘ra, buning uchun ligada jamoalar sonini 16 taga etkazish kerak. O‘zbekiston Professional futbol ligasi esa Superliga va Pro liga o‘rtasidagi sport printsiplarini hurmat qilishga chaqirishi barchaga ma’lum. O‘yinlar sonini esa boshqa yo‘l bilan ham oshirish imkoniyati mavjud.

Shundan kelib chiqib, O‘zPFL taklif ishlab chiqdi. Tez orada u muhokamaga qo‘yiladi. Taklif etilayotgan formatda ilk navbatda futbol muxlislarining xohish-istaklari inobatga olingan. Ya’ni, bunda markaziy o‘yinlar sonini ko‘paytirish hamda o‘tkinchi o‘yinlar sonini kamaytirish masalasi asosiy planga olib chiqilgan.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi nafaqat 16, balki 18 talik ligani ham amalga tatbiq qilishi mumkin. Biroq buning uchun O‘zbekistonda litsenziyalash talablariga to‘liq javob beradigan kamida 20-22 ta klub mavjud bo‘lishi kerak. Ayni vaqtda esa bizda bunday klublar soni 12-14 tani tashkil qiladi. Teletranslyatsiyalardan pul ishlash hamda foydani jamoalar o‘rtasida taqsimlash darajasiga etib borilguniga qadar O‘zPFL ligani kuchaytirishning boshqa muqobil variantlarini izlashga majbur.

Taklif etilayotgan format loyihasi bilan mana shu havola orqali tanishish mumkin.

O‘zPFL matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!