Superligada bahsli vaziyatlar ko‘payishiga faqat hakamlar aybdormi? VAR najotmi yoki...

  • 18 avgust, 2022, 18:29
  • Bekzod Isayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing har turida hakamlarning qarorlari bilan bog‘liq bahsli vaziyatlar ko‘paymoqda. Qaysidir tomon norozi bo‘lmoqda. Aslini olganda bunday holat tabiiydek. Ammo bir lekini bor: bu vaziyatlar doimiy bo‘lsa chindan ham muammo bor.

Tecno

“Paxtakor” ishtirokidagi o‘yinlarda Maksim Shatskix har uchrashuvdan so‘ng hakamlar haqida gapirishni yomon ko‘rsa-da, e’tirozlar bildirmoqda. Biroq “Paxtakor” ikkinchi o‘yinda ham “Olimpik”ni yuta olmaniga faqatgina hakamlar aybdor qilmasligi lozim. Mayli qandaydir qarorlar murabbiyning e’tiroziga sababdir. Lekin referilar 180 daqiqa “sherlar”ning o‘ynashiga to‘sqinlik qilmagandir. Shuning uchun Shatskix aybni o‘z jamoasidan qidirishi ham kerak.

To‘g‘ri, murabbiyning ayrim gaplarida jon bor. Masalan, hakamlar o‘yinlarni juda ko‘p to‘xtatishi. Bu chindan ham o‘yin tempini pasaytiradi. U Evropa futbolida katta tezlikni ko‘rib o‘rgangan. Bundan to‘xtalishlarni hazm qila olmasligi aniq.

Shatskixning 2 o‘yindayoq fikri o‘zgardi. Buni Superliga deydilar

IMG_2924

Shuningdek, VARdagi referilar qaysi vaziyatlarda sariq kartochka berilishini yaxshiroq bilishi kerak. Bosh hakam VARda ko‘rgandan so‘ng qaysidir futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatilishi faqat bizning futbolda uchrasa kerak.

Hakamlar VARga borganda vaziyatni ko‘rishga ancha vaqt sarflamoqda. Bosh hakam bu texnoligiyaga borib nimanidir yaqqol ko‘rmaydi. Chunki translyatsiya sifati juda pas. Bellashuvni boshqarayotgan inson qaror qabul qilishda ikkilanib, VARga umid bilan boradi. Ammo o‘zidagi mavjud fikr ham o‘zgarib ketishi shubhasiz.

Xorijda bu sistemadan umuman muammo yo‘q. VARda barchasi aniq ko‘rinadi. Chunki translyatsiyalarni amalga oshirayotganda telekompaniya yoki telekanal zamonaviy kameralardan foydalanadi. Hakam vaziyatlarni turli rakurslardan sifatli kadrlarda ko‘rib, baho beradi.

Yaqindagina SPORTS.uz saytida mehmon bo‘lgan Alisher Nikimbaev VAR borasida fikr bildirgandi. Unda mutaxassis chet elda hakamlar o‘yinlarga avvalgidek tayyorlanmay qo‘yganini, bunga sabab qilib VARni ko‘rsatgandi. Chunki referilar VARga oshinib qolayotgani, VAR orqali xatosini to‘g‘rilashi mumkin, degan fikr paydo bo‘lib qolganligini aytgandi. Bizdachi?

Shatskix “Paxtakor”ga noilojlikdan kelganmi? O‘zbek futbolidagi shubhali murabbiylar kimlar? - Alisher Nikimbaev

photo_2017-11-07_09-35-11

Bizda bu amaliyot teskarisi. VAR najotdan ko‘ra aksi. Qarshidagi “Nasaf” – AGMK bellashuvida bosh hakam Aziz Asimovga ancha qiyin bo‘ldi. Bosim yuqori edi. 84-daqiqada Anzur Ismoilovning qo‘liga to‘p tegdimi yoki yo‘q vaziyatga baho berish juda qiyin. Ayniqsa VARdagi lavhalardan.

Takroriy vaziyatni ko‘rmasdan oldin, penalti borga o‘xshadi. Keyin lavhalar fikrimni biroz o‘zgartirdi. Ko‘pchilikda shunday bo‘lsa ajab emas. Ha aytgancha, PFL rahbari Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida bu vaziyatga o‘z fikrlarini bildirdi.

- “Nasaf” — AGMK o‘yini bo‘yicha savollarimiz va e’tirozlarimiz bor. Hakamlar markaziga buni bildirdik va o‘yinni ekspertlar guruhi o‘rganib chiqishini so‘radik. Agar bosh hakam o‘ziga ishonmayotgan bo‘lsa va VAR unga kerakli kadrni topib bera olmagan bo‘lsa, hammasini aniq ko‘rganiga ishonayotgan qanot hakamining fikrini eshitishi kerak emasmidi, degan savolni o‘rtaga tashladik. Fikrimcha, ikki kulminatsion nuqtada Asimov AGMK manfaatidan kelib chiqib, qaror qabul qilgandek. Biroq mening fikrim ham sizniki kabi sub’ektiv. Ishonamanki, ob’ektiv bahoni markaz beradi, - dedi PFL rahbari.

22

Endi hakamlar markazining xulosasini kutamiz. Shunisi ayon bo‘lmoqdaki, hakamlar markaziy o‘yinlarni boshqarishda o‘zida kuchli xohish bo‘lmasligi mumkin. Bosim yuqori. Qandaydir noto‘g‘ri qaror ularga nisbatan salbiy fikr uyg‘otmoqda.

 

Bekzod ISAEV

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Нодир Зарипов
19/08/2022 19:51
Азиз асимов оллох жазоингни бирсин шу топган пулларинг яхшиликка буйирмасин йомон кунингга ишлат сан кашкадарё каршига учрагансан
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
19/08/2022 11:56
Uzlariz ham saytka quyishdan oldin uqib kuringla. mantiqsiz narsalarni quymangla. gaplaringni. qanday kurinmayapti. kurmisizla. Nagli quli bilan uynayaptiki keyin yana quli bilan tupni uloqterib ham quyaptiki. keyin sela fudbolni yahshi tushunsazla luboya kamanda tup uyinga kergizdan gol urmaydiki. Nasaf endi utin tempini oshiraversa sudiya uyinni tuhtatib sovitaptiki. sahal tugri yondoshingla. uz bizaga Anti fudbol uynaydigan kamanda kupayib ketdi.
&
Zamon
19/08/2022 11:11
Va usha kuni birinchi marta Hayrulla Hamidovdan ranjidim hammadan oldin aytdi ismoilovning quliga tup tekkanini lekin hakam qaroridan kiyin sharhlovchilik vazifasini qildi xalos vaholangki bu inson adolatsizlikka jim gapirmasdan utmas edi. Endi Diyor aralashadimi undan kattasi 3 achko olmaydi nasaf balki hayrulla aka kukka kutargan Botirali qaytarardi 11 ni biz faqat halol fudbol istaymiz nasaf uz suzini aytadi hali aytgan ham
&
Zamon
19/08/2022 11:02
Nimaga Aziz Asimov har doim nasafga qarshi ish kuradi va achkodan mahrum qiladi yodingizda bulsa paxtakor- nasaf. Andijon -Nasaf uyinida ham shunday qilgan edi. Bu nasaf muhlisi bulganim uchun aytmayabman biz shunaqa saviyasi yuq hakamlarni deb 70 nari borsa 80 daqiqa uynayabmiz bu esa ayollar fudboli
Nuriddin Nuriddin
19/08/2022 09:48
Анзур исмоиловнинг қўлига тўп тегмаса. Қорнига тегиб йўналишини ўзгартирдими. Хамма кўрган холатни нима учун экспертлар кўрмайди
Наркобилов Суюн
18/08/2022 19:58
Diorning gapi to'g'ri