
Superliga yo‘llanmasi uchun kechadigan o‘yinni qaysi telekanal namoyish qiladi?
Bugun Pro liga 2021 yilgi mavsumi yakuniga ko‘ra 3-pog‘onani band etgan “Olimpik” jamoasi Superligada 12-o‘rinni egallagan “Mash’al”ga qarshi o‘tish o‘yinida maydonga tushadi.
Uchrashuv 16:00da "Paxtakor" stadionida start oladi. Superliga yo‘llanmasi uchun kechadigan qizg‘in bahsni bir yo‘lla ikkita telekanal "Futbol TV" va "Sport TV"da jonli tarzda namoyish etiladi.
Barchangizni ushbu bellashuvni stadiondan turib, tomosha qilishga chorlab qolamiz.
Fikrlar