
Superliga va Pro-Liga klublariga transfer taqiqi qo‘yildi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasining qarori e’lon qilindi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan qaroriga muvofiq, belgilangan muddatlarda futbolchi va murabbiylar oldidagi qarzdorliklari hamda mashg‘ulot kompensatsiyasi pullarini to‘lab bermaganliklari uchun “Neftchi”, “Qo‘qon-1912”, “Buxoro”, “Surxon”, “Yangier quruvchi” va “Zomin bo‘rilari” futbol klublariga nisbatan qishki transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni O‘zbekiston Professional futbol ligasidan ro‘yxatdan o‘tkazishga taqiq qo‘yilganligi ma’lum qilinadi.
Fikrlar