Superliga. Turning yana bir markaziy uchrashuvida durang natija qayd etildi

  • 2 avgust, 23:10
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 16-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Navbahor" uchrashuvida jangovar 2:2 hisobi qayd etildi. 

Tecno

Dastlab samarqandliklar futbolchisi Dmitriy Pletnyov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 3 daqiqa o‘tib esa jamoa ikkinchi golni ham kiritdi. Bu galgi gol muallifi Oleksandr Kucherenko bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limni esa namanganliklar hujum bilan boshlab, 50-daqiqada Abbosjon G‘ulomov hisobni qisqartirdi. Shuningdek, "lochinlar" hujum ortidan hujum uyushtirib, hisobni tenglashtirdi ham. Ruslanbek Jiyanov penaltidan unumli foydalandi. Bundan tashqari, "Dinamo" futbolchisi Jurani Ferreira 86-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadi. Ushbu vaziyatda hakam VAR tekshiruvini uzoq kuzatgandan so‘ng penalti belgilagan edi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, "Dinamo" ushbu uchrashuvdagi 1 ochko bilan ochkolar sonini 30 taga etkazib oldi. "Navbahor"da esa bugungi bellashuvdan so‘ng 27 ochko mavjud.

  • O'zbekiston - Superliga
  • Joriy Mavsum

Dinamo

  • Dmitri Pletnev 32'
  • Oleksandr Kucherenko 35'
Tugadi
2 : 2

02.08.2025 21:15

Navbahor

  • Abbos Gulomov 50'
  • Ruslanbek Jiyanov 54'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Qaxramonjon
03/08/2025 01:56
Динамо ва Навбахор гап йук олга а так Нефтчи инк килишни давом этиряпти