Superliga. Turning markaziy to‘qnashuvida "Neftchi" "Andijon"ni ishonchli hisobda taslim etdi
Superliganing 24-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Andijon" o‘rtasidagi markaziy bellashuvda farg‘onaliklar 2:0 hisobida mehmonlarni mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi yakunlanayotgan bir paytda Abror Ismoilov chiroyli zarbasi bilan Erjan Tokotaev darvozasini ishg‘ol qildi. Ikkinchi bo‘limning 77-daqiqasida esa Joel Kojo "Neftchi"ning ikkinchi goliga mualliflik qilgan holda, oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi.
Ma’lumot o‘rnida, farg‘onaliklar ushbu g‘alaba orqali ochkolar sonini 51 taga etkazib olib, peshqadam "Nasaf" bilan farqni 2 tagacha qisqartirdi. "Burgutlar" esa 23 ta uchrashuvdan so‘ng 25 ochko jamg‘argan holda, 11-o‘rinda qolmoqda.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum
Neftchi
- Abrorbek Ismoilov 44'
- Joel Kojo 77'
Tugadi
2
:
0
05.10.2025 17:00
Andijan



Fikrlar