
Superliga. "So‘g‘diyona" safarda "Neftchi"ni mag‘lub etdi
Biroz avval Superliga 14-turida qoldirilgan "Neftchi" - "So‘g‘diyona" bahsi o‘z yakuniga etdi.
Ushbu bellashuvda "So‘g‘diyona" yirik 3:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. "Bo‘rilar" tarkibidagi Oleg Zoteev (23), Vladimir Yovovich (66) va Sardorbek Hoshimovlar (86) o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishdi.
Shu tariqa maezbonlar 14-turda ochkosiz qoldi. "Bo‘rilar" esa uyga 3 ochko bilan qaytadigan bo‘ldi.
Fikrlar