Superliga. Sentyabr oyi uchun eng yaxshi murabbiy nomzodlari aniq bo‘ldi
Superligada sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi.
Ro‘ziqul Berdiev ("Nasaf") — 3 o‘yin, 3 g‘alaba, to‘plar farqi 8:1
"Nasaf" "Buxoro" (5:0), "Qizilqum" (1:0) va "Xorazm"ni (2:1) mag‘lub qilib, 9 ochko ishlashga muvaffaq bo‘ldi.
Otabek Narzullaev ("Mash’al") — 3 o‘yin, 1 g‘alaba, 2 durang, to‘plar farqi 2:1
"Mash’al" o‘tgan oyda mag‘lub bo‘lmadi. Jamoa dastlab "Sho‘rtan"ni taslim qilgan bo‘lsa, "Buxoro" va "Surxon" bilan durangga imzo chekdi.
Kamoliddin Tojiev ("Paxtakor") — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 3:1
Tojiev shogirdlari chempionlik uchun kurashayotgan "Neftchi" ustidan zafar quchdi. Shu bilan birga, "Surxon"ni mag‘lub qilib, "Sho‘rtan" bilan durang o‘ynadi.
Bahrom Haydarov (Qo‘qon-1912) — 3 o‘yin, 1 g‘alaba, 2 durang, to‘plar farqi 4:3
"Qo‘qon-1912" oyni "Qizilqum"ni mag‘lub qilib boshladi, keyin esa "Xorazm" va "Bunyodkor" engilmagan holda 5 ochko ishladi.



Fikrlar