
Superliga. "Qizilqum" - "So‘g‘diyona": Jamoalar kuchi teng keldi
Superliga 18-turining dastlabki bahsida "Qizilqum" va "So‘g‘diyona" jamoalari to‘qnash keldi.
Ushbu bellashuvda jamoalar durangga imzo chekishdi 1:1.
Muhammadali G‘iyosovning 73-daqiqadagi golidan so‘ng mezbonlar hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa, o‘yinga qo‘shib berilgan 90+3 daqiqada Oleg Zoteev "So‘g‘diyona"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Shu tariqa jamoalar bir ochkodan bo‘lishib olishdi.
Fikrlar