Superliga. "Qizilqum" - "Paxtakor": O‘zaro o‘yinlarda ustunliklik "sherlar"da

  • 17 may, 16:57
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 10-turida "Paxtakor" Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo‘ladi.

Tecno

Chempionat doirasida jamoalar 50 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik yaqqol "sherlar" tarafida. 41 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 7 bor raqib bilan durang o‘ynagan va 2 marta imkoniyatni boy bergan. "Qizilqum" darvozasiga 137 gol urilib, 32 to‘p o‘tkazib yuborilgan.

Navoiydagi 25 uchrashuvda 20 g‘alaba, 4 durang va 1 mag‘lubiyat kuzatilgan. Safardagi 8 uchrashuvda toshkentliklar yirik hisobda zafar quchgan.

Bu jamoalarning 2007 yil Navoiyda o‘tgan bellashuvida O‘zbekiston oliy ligasi tarixidagi eng yirik natija qayd etilgan. O‘shanda "Sherlar" mezbonlar ustidan 11:0 hisobida zafar quchishgan.

"Qizilqum" va "Paxtakor" o‘rtasidagi uchrashuv 18 may, yakshanba kuni soat 21:00da Navoiydagi "Yoshlar" stadionida boshlanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!