Superliga. "Olimpik" bir kishi kam bo‘lib qolgan "Metallurg"ga imkoniyatni boy berdi

  • 26 iyun, 2023, 21:58
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "Olimpik" - "Metallurg" bahsi yakunlandi. Uchrashuv bekobodliklarning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Tecno

Dastlab, 28-daqiqada jarima zarbasidan Jasur Jaloliddinov super zarba yo‘llab, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim shu tariqa mezbonlarning kichik ustunligi ostida tugadi. Ikkinchi taymning 57-daqiqasida Husniddin G‘ofurov maydon markazida qoidani buzgani uchun hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.

Bir kishi kam bo‘lib qolgan "ma’danchilar" 66-daqiqada hisobni tenglashtirdi: Zabihullo O‘rinboev ham jarimadan aniq zarba berib, oradagi tafovuti yo‘qqa chiqardi. Vladislav Kaminin ham gol urdi, biroq bu vaziyatda o‘yindan tashqari holat bor deb topildi. 

O‘rinboev ikkinchi bo‘lim so‘ngida yana bir bor Shukron Yo‘ldoshev darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, "Metallurg" safardan 3 ochko bilan qaytadigan bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bahtiyor Sp
26/06/2023 22:01
Уша гап олимпик факат пахтакори ютади