
Superliga. OKMK etakchi, "Nasaf" ikkinchi, "Navbahor" esa kuchli uchlikda (Turnir jadvali)
Bugungi ikki uchrashuv bilan Superligada 11-tur yakunlandi.
"Olimpik" o‘z uyida OKMKni qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Uchrashuvdagi yagona golni 82-daqiqada Xurshid G‘iyosov kiritdi.
Ikkinchi bahs ham Toshkentda bo‘lib o‘tdi. "Lokomotiv" Samarqandning "Dinamo" jamoasini qabul qildi va 0:2 hisobida yutqazdi. Gollarga Ulug‘bek Abdullaev va Anvar Xojimirzaevlar mualliflik qildi.
Bugungi bellashuvlardan keyin turnir jadvali quyidagicha ko‘rinishga keldi.
Fikrlar