
Superliga. "Neftchi" safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi
Superliganig ilk turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Neftchi" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin mehmonlarning yirik 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, 28-daqiqada Mirzohid G‘ofurov hisobni ochgan bo‘lsa, Umar Adhamzoda dublga erishib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. So‘nggi daqiqalarda Vladislav Kasminin qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Shu tariqa, "Neftchi" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, vaqtinchalik turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar
1_ у'рин ва 2 у'рин Туронга учинчи у'рин Андижонга