
Superliga. "Neftchi" moldovalik legionerining goli evaziga yuz foizlik natijasini davom ettiradi
O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan "Neftchi" va "Metallurg" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.
Mazkur bellashuvda mezbonlar kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Maydon egalari safida yagona golga moldovalik legioner Ketelin Karp mualliflik qildi.
Shu tariqa, "yo‘lbarslar" ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 9 taga etkazib oldi va jadvalda 1-o‘rindan joy oldi. "Metallurg" esa 2 ochko to‘plagan holda 8-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar