
Superliga. "Neftchi" ham ilk turni g‘alaba bilan boshladi, nigeriyalik Nsungusidan dubl!
O‘zbekiston Superligasi 1-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" va "Neftchi" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.
Mazkur bellashuvda mehmonlar 1:2 hisobida g‘alaba qozondi. Farg‘onaliklarning ikki golini ham nigeriyalik legioner Effiong Nsungusi kiritdi, jizzaxliklarning yagona goli esa Lyupche Doriev nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, "yo‘lbarslar" ushbu g‘alabadan keyin 3 ochkoga ega bo‘ldi va jadvalda yuqori o‘rinlardan joy oldi.
Fikrlar