
Superliga. "Neftchi" - "Metallurg" bahsi uchun chiptalar sotuvda!
Xabaringiz bor, 15 mart kuni Superliganing 3-tur doirasida "Neftchi" jamoasi Farg‘ona shahridagi birinchi uchrashuvini Bekobodning "Metallurg" klubiga qarshi o‘tkazadi.
Qiziqarli va shiddatli ruhda kechishi kutilayotgan mazkur bellashuvga chiptalar sotilmoqda. Faqat stadionning maxsus kassalarida 20.000-30.000-40.000 so‘mdan belgilangan narxlarda sotiladi.
2-turdan so‘ng farg‘onaliklar 6 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa (to‘plar nisbatiga ko‘ra, "Qizilqum" oldinda), "Metallurg" 2 ochko bilan 8-pog‘onani band qilib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, "Neftchi" - "Metallurg" bahsi 18:30da start oladi.
Fikrlar