
Superliga. "Navbahor" yirik g‘alabani qo‘lga kiritib, peshqadam bo‘lib oldi
O‘zbekiston Superligasi 2-turidan o‘rn olgan "Navbahor" - "Metallurg" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda namanganliklar 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 38-daqiqada Jamshid Boltaboev hisobni ochgan bo‘lsa, 42-daqiqada Jasur Yaxshiboev farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. O‘yin tugashi arafasida Jamshid Iskanderov hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "lochinlar" ikki uchrashuvdan so‘ng ochkolari sonini 6 taga etkazib olgan holda, Superliga turnir jadvalida peshqadam bo‘lib oldi.
Fikrlar