Superliga. "Navbahor" uchinchi o‘rindan ham quruq qolishi mumkin (TURNIR JADVALI)

  • 1 noyabr, 2023, 20:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 24-turidan o‘rin olgan OKMK - "Turon" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Dastlab, 6-daqiqada Rustamxon Azimov bellashuvda hisobni ochgan bo‘lsa, 38-daqiqada Xurshid G‘iyosov penaltidan gol urib, muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘limning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarning ikkinchisida Ermatov olmaliqliklarni oldinga olib chiqdi. 

Shu tariqa, OKMK hisobidagi ochkolari sonini 42 taga etkazib olib, "Navbahor"ga yaqinlashib oldi. "Lochinlar" hisobida bitta o‘yin kam o‘tkazgan holda, 43 ochko bor. 

Quyida bugungi uchrashuvdan so‘ng jadvaldagi holat bilan tanishing: 

photo_2023-11-01_19-56-25

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!