
Superliga. "Metallurg" - OKMK bahsi oldidan raqamlar!
Xabaringiz bor, Superliganing 23-turidan "Metallurg" va OKMK jamoalari to‘qnash keladi. Uchrashuv oldidan ikki jamoalar ishtirokidagi raqamlarga e’tibor qaratamiz.
Toshkent viloyati derbisini muxlislar bugungacha 33 marta tomosha qilishgan: shularning 16 tasida bekobodliklar, 14 tasida olmaliqliklarning qo‘li baland kelgan. Faqatgina 3 ta o‘yinda tomonlar murosaga rozi bo‘lishgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plir farqi – 55:53, “Metallurg” foydasiga.
Ushbu jamoalarning Bekobodda kechgan o‘yinlari tarixiga nazar tashlasak, unda maydon egalarining katta ustunligini ko‘rishimiz mumkin. 16 ta bahsning 12 tasida mezbonlar g‘alaba qozonishgan, 2 ta o‘yinda mehmonlarning qo‘li baland kelgan, yana 2 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. Bu safar OKMKga qarshi uy uchrashuvini “Metallurg” Olmaliq shahrida o‘tkazadi.
Quyida Bekobodda bo‘lib o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv natijasi bilan tanishing:
16.04.2023. Metallurg – OKMK – 2:0
04.03.2022. Metallurg – OKMK – 1:0
21.10.2021. Metallurg – OKMK – 0:1
12.09.2020. Metallurg – OKMK – 1:0
27.07.2019. Metallurg – OKMK – 2:1
Fikrlar