
Superliga jamoasida murabbiy iste’fo so‘radi
Kecha "Mash’al" klubi Superliga 20-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912"ga qarshi bahs olib bordi. Bellashuvda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
O‘yindan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida muborakliklar katta murabbiyi Dilyaver Vaniev iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Bunga sabab, jamoa ketma-ket oltita uchrashuvda mag‘lubiyatga uchraganidir. Shu bois, Dilyaver Vaniev barcha mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olib, klub rahbariyatidan iste’fo so‘rashini aytib o‘tdi. Endi barchasi "Mash’al" klubi rahbariyatining qaroriga bog‘liq.
Fikrlar