
Superliga. Ikkita qizil kartochka ko‘rsatilgan "Olimpik" - "Qizilqum" bahsida hisob ochilmadi
Superliga 23-turidan o‘rin olgan "Olimpik" - "Qizilqum" bahsi nihoyasiga etdi. Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Bellashuvni boshqarib borgan hakam Akobirxo‘ja Shukrullaev 90 daqiqa ichida cho‘ntagidan ikkita qizil kartochka chiqardi. Dastlab, 14-daqiqada mezbonlar yarim himoyachisi Abdurauf Bo‘riev raqibiga qo‘pol o‘ynagani uchun maydonda chetlatilgan bo‘lsa, 77-daqiqada navoiyliklar futbolchisi Akaki Shulaya ikkinchi bor ogoxlantirildi va u ham maydonni erta tark etdi.
Fikrlar