
Superliga. Ikkita qizil kartochka ko‘rsatilgan, O‘rinboev penaltidan gol ura olmagan bahsda "Metallurg" "Buxoro" bilan durang o‘ynadi
O‘zbekiston Superligasi 22-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Buxoro" bahsi yakunlandi. Unda tomonlar 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Uchrashuvda hakam ikki jamoaning bittadan futbolchisiga qizil kartochka ko‘rsatdi. Shuningdek, bekobodliklar a’zosi Zabihillo O‘rinboev penaltidan unumli foydalana olmadi.
Shu tariqa, "ma’danchilar" 27 ochko bilan 9-o‘rinda qoldi. 15 ochkosi bor buxoroliklar 13-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar