Superliga. Ikkita qizil, bitta penalti berilgan o‘yinda "Neftchi" "Turon" darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi

  • 9 noyabr, 2023, 20:11
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 19-turdan qoldirilgan "Turon" - "Neftchi" bahsi yakunlandi. Unda mehmonlar yirik 0:3 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Ilk golga Abbos G‘ulomov mualliflik qildi. Ikkinchi golni esa Sharof Muhitdinov penaltidan kiritdi. 90+1-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda Izzatilla Abdullaev qanotdan uzatib berilgan to‘pni deyarli bo‘sh qolgan darvozaga joylab qo‘ydi va jamoasiga 3 ochkoni taqdim etdi.

Shuningdek, 66-daqiqada "Turon" vakili Abubakir Ashurov maydondan chetlatilgan bo‘lsa, 74-daqiqada ikkinchi gol muallifi Sharof Muhitdinov qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. 

Shu tariqa, "yo‘lbarslar" 41 ochko bilan 5-o‘rinda qoldi. 16 ochkosi bor yaypanliklar 13-pog‘onadan joy egallagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Эргашев Файзулло
09/11/2023 20:38
Нефтчи Турон Билан уйнадию нимага Бухора деб ёздиларинг